“Vatanparvarlik karvoni” Bandixon tumaning chekka qishloqlarida

0
2711

Vatanparvarlik oyligi doirasida Janubi-gʼarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Xayrobod va Termiz garnizonlarining “Vatanparvarlik karvoni” Surxondaryo viloyatining eng chekka hududlarida ham boʼlib, “Xalq va armiya – bir tanu bir jon” shiori ostida tadbirlar tashkil etib kelmoqda.


“Vatanparvarlik karvoni”ning bu safargi manzili Bandixon tumani boʼldi.
Karvonni Bandixon tumani aholisi qutlovlar bilan qarshi oldilar. Xayrobod garnizoni harbiy orkestr jamoasi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi yigʼilganlar qalbini iliqlik bilan toʼldirgan boʼlsa, faxriy qorovul shaxsiy tarkibi hamda harbiy xizmatchilarning qoʼl jangi namoyish etilgan jangovar chiqishlari barchani hayratlantirdi.
Tantanali tadbirda soʼzga chiqqanlar mamlakatimizda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash eng muhim, ustuvor vazifalardan biri ekanini taʼkidladilar.
Tadbir davomida tuman yoshlariga bugungi kunda harbiy qismlarda mavjud zamonaviy harbiy texnikalar va qurol-yarogʼlar koʼrgazmalari namoyishi hamda ular toʼgʼrisida tushunchalar berildi.
Muxtasar aytganda, bu yerda jam boʼlgan yoshlar va aholi vakillarining dilidagi quvonchlari bayramona kayfiyatga ulandi. Bayram esa kuy-qoʼshiq, diltortar musiqiy navolarsiz oʼtmadi.

III darajali serjant Аkbar АHMEDOV,
Termiz garnizoni