Buxoroda “Аmir Temur oʼgʼlonlari” sport musobaqasi start oldi

2194

Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan Buxoro garnizonidagi harbiy qismda “Аmir Temur oʼgʼlonlari” sport musobaqasi tashkil etildi.


Musobaqaning ochilish marosimida soʼz olgan harbiy qism komandiri polkovnik Husan Karimov va Buxoro viloyati hokimining oʼrinbosari Botir Karimov sport inson salomatligining garovi ekanligini, yoshlar muntazam ravishda sport bilan shugʼullanishlari lozimligini taʼkidlab oʼtdi.
Bellashuvlarda harbiy xizmatchilar, kuch tuzilmalari vakillari hamda oʼquvchi yoshlar ishtirok etyapti. Yuqori saviyada boshlangan musobaqaning birinchi kunida ishtirokchilar “Viloyat hokimi sovrini uchun” sportning mini futbol turi boʼyicha oʼzaro kuch sinashishdi.
Endilikda barcha qatnashchilar sportning turli yoʼnalishlarida oʼzlarining mahoratlarini koʼrsatgan holda bir necha kun davomida bellashadilar. Musobaqalar davom etmoqda.

Janubi-gʼarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati