Xalq va armiya birdamligi tobora mustahkamlanmoqda

0
820

Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularda Vatanga sadoqat hislarini shakllantirish maqsadida Havo hujumidan mudofaa qoʼshinlari va Harbiy havo kuchlari qoʼmondonligi tasarrufidagi harbiy qismlarda “Xalq va armiya – bir tanu bir jondir” shiori ostida qator tadbirlar oʼtkazilmoqda.
Jumladan, Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi bir qator maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va uchrashuvlar oʼtkazildi. Harbiy xizmatchilarga bolajonlar oʼzlari yod olgan sheʼrlaridan aytib berishdi.


Xuddi shunday tadbir Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida ham boʼlib oʼtdi. Unda harbiy xizmatchilar hududdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʼlishib, bolajonlar bilan samimiy uchrashuv oʼtkazishdi. Shuningdek, bolalarga ertak kitoblari va rasm chizish uchun rangli qalam, alьbom kabi oʼquv ashyolari sovgʼa qilindi.
Tarbiyachilari hamrohligida harbiy qismga sayohat qilgan kichkintoylar esa bu yerdagi muzeyni katta qiziqish bilan tomosha qildilar.
Xorazm viloyatining Tuproqqalʼa tumanida joylashgan harbiy qismda esa Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan ochiq davra suhbati tashkillashtirildi. Unda Xorazm viloyati faxriylar kengashi raisi oʼrinbosari Baxtiyor Miskinov, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining mintaqaviy boʼlimi yetakchi mutaxasissi Baxtiyor Rahimov, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashidan Farruh Otajonov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Tuproqqalʼa tuman boʼlimi boshligʼi Xushnudbek Sultonov, “Nuroniylar” tashkiloti Tuproqqalʼa tumani boʼlimi raisi Omonboy Ahmedovlar ishtirok etdi.

Mudofaa vazirligi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti