Harbiy shaharcha aholisi bilan ochiq muloqot

0
925

Sherobod garnizonida joylashgan harbiy qismda Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi bayrami oldidan mudofaa vazirining rahbar hujjatlari talablariga asosan ”Harbiy xizmatchilarning oila aʼzolarini mutaxassisliklari boʼyicha ish bilan bandligini taʼminlash” hamda ”Sogʼlom va barkamol avlod” shiori ostida tadbir oʼtkazildi.


Unda Sherobod tumani bandlikka koʼmaklashish markazi boshligʼi F. Ibragimov hamda tuman tibbiyot birlashmasi shifokori Z.Hamidova ishtirok etib, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolariga kerakli malahatlar berdi.
Qabul davomida bandlikka koʼmaklashish markazi boshligʼi harbiy xizmatchilar oilalariga tumandagi mavjud ish oʼrinlari va shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda oʼz takliflarini bildirib oʼtdi. Tibbiyot birlashmasi shifokorlari esa bolajonlar hamda ularning onalari mutaxassislar koʼrigidan oʼtishi uchun kimga va qaerga murojaat etishlari kerakligi haqidagi maʼlumotlarni berdilar.

III darajali serjant Аkbar АHMEDOV, Termiz garnizoni