Navoiyda “Sogʻlom hayot uchun besh ming qadam” shiori ostidagi ommaviy yurish marafoni oʻtkazildi

0
2526

Markaziy harbiy okrugining Navoiy garnizonida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan “Xalq va armiya bir tan-u bir jon!” shiori ostida “Sogʻlom hayot uchun besh ming qadam” aksiyasi oʻtkazildi.

Unda Navoiy garnizonidagi harbiy xizmatchilar, keng jamoatchilik vakillari, aholi va yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻz olganlar, “Vatanparvarlik oyligi” doirasida oʻtkazilayotgan harbiy vatanparvarlik festivallari, turli xil marafonlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar haqida toʻxtalib aholi va yoshlarni faol ishtirok etishga chorladi.

 

Harbiy orkestr sadolari ostida oʻtgan marafonda ishtirokchilarning asosiy maqsadi marafonda gʻolib boʻlish emas, balki har ishtirokchi oʻz salomatligi uchun harakat qilishi boʻldi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati