Qoʻmondon Pop tumani yoshlari bilan uchrashdi

0
2624

Uchrashuvda tuman hokimligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengashi raisi, maktab oʻquvchi yoshlari, faxriylar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Yoshlar Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Lutfulla Buzrukov bilan ochiq, dildan samimiy suhbat qurar ekan, masʼul ofitser kishi qaysi kasb egasi boʻlishidan qatʼiy nazar, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi yoʻlida xizmat qiladigan yetuk kadr boʻlib yetishsa, bu uning yutugʻi ekanini misollar orqali izohlab oʻtdi. Ayniqsa, harbiylikni egallash uchun har bir insondan bilim, iroda va kuch talab qilinishi yoshlarga tushuntirib berildi.
Oʻquvchi yoshlar tomonidan berilgan savollarga okrug qoʻshinlari qoʻmondoni toʻliq javoblar berdi hamda faol qatnashgan bir guruh yoshlarni tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirladi.

Tadbir ishtirokchilari shundan soʻng harbiy qism bilan yaqindan tanishib chiqdi. Qurol-aslahalar va harbiy texnikalar namoyish etildi.
Bu kabi uchrashuvlar yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusini oshirib, ularning ona Vatanga boʻlgan mehr-muhabbatini oshirishga xizmat qiladi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati