“Askar onalarni sharaflaymiz!” onlayn teleko‘prik tadbiri

0
2517

Toshkent harbiy okrugiga qarashli Toshkent garnizonidagi harbiy qismlarning birida Surxondaryo viloyatidan muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askarlar onalari bilan “Askar onalarni sharaflaymiz! onlayn teleko‘prik tadbiri o‘tkazildi.

Shuningdek, unda Toshkent shahridan muddatli harbiy xizmatga yuborilgan askarlarning ota-onalari ham ishtirok etdi. Tadbirni Toshkent harbiy okrugi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlari bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik A. Agzamov ochib berdi.

Ota-onalar farzandlari bilan dildan suhbatlashar ekan, yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 30 yilligi bayrami bilan qizg‘in tabrikladi.

Shuningdek, tadbir davomida bilimi, namunali xulqi va harbiy qismdagi faolligi bilan safdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan askar ota-onalari qo‘mondonlik tomonidan maxsus tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati