DIQQAT, EʼLON!

0
1414

2022-yil 7-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 30 yilligiga bagʻishlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari – mustaqil Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtadi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan harbiy attashelar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ilmiy tadqiqot va taʼlim muassalarining mutaxassis-amaliyotchilari, Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilar qatnashishi kutilmoqda.

Konferensiyaning asosiy maqsadi mamlakatimiz xavfsizligini taʼminlashning ishonchli kafolati boʻlgan Qurolli Kuchlarimizning 30-yillik faoliyatini sarhisob qilish va kelgusida rivojlantirishga qaratilgan taklif va yoʻnalishlar boʻyicha fikr-mulohaza va ilmiy muhokamali bahs-munozara yuritish uchun keng miqyosdagi ilmiy platformani yaratishdir.

Konferensiya davomida zamonaviy dunyoning global tahdidlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rivojlanish jarayonlari, Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimining  rivojlanish tendensiyalari, zamonaviy taʼlim tizimida innovatsion yondashuvlar va ularning takomillashtirish tendensiyalari, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda yuqori malakali harbiy ilmiy kadrlarni tayyorlash tizimining ahamiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy olimlar assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi Yosh olimlar kengashi ilmiy faoliyatini tashkillashtirishning istiqbolli yoʻnalishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi innovatsion faoliyatini rivojlantirishda iqtidorli yoshlarning roli, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligini taʼminlash universitetida ilmiy va oʻquv jarayonini takomillashtirish tendensiyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi  akademiyasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlariga doir dolzarb masalalar yuzasidan maʼruza va takliflar, fikr-mulohazalar oʻrganib chiqiladi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi