Poytaxt ko‘chalaridagi yangi yil shukuhida harbiylar ishtiroki

0
1053

Yurtimiz istirohat bog‘lari, ko‘chalari, xiyobonlari, odamlar bilan gavjum markaziy maydonlarda archa bezatilib, kirib kelayotgan 2022-yil bayram tantanalari keng nishonlanyapti.

Shunday shukuhli kunlarda yangi yil bayrami munosabati bilan poytaxtimizda joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari harbiy texnikalarda xalqimizga bayramona ruh ulashish maqsadida parad uyushtirishdi.

Harbiy parad davomida harbiy texnikalar haydovchilariga qorbobo va qorqiz hamrohlik qilgani tomoshabinlarga o‘zgacha kayfiyat ulashdi.

Tadbirlar davomida gavjum savdo majmualari oldida qo‘mondonlik “Iste’dod” badiiy jamoasi tomonidan tashkil etilgan konsert dasturi va harbiy texnikalar namoyishi barchada iliq taassurot qoldirdi.

Yurtimiz bo‘ylab bayram tantanalari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti