Markaziy harbiy okurug qoʼmondonligi tomonidan jurnalistlar uchun press-tur tashkil qilindi

0
760

Markaziy harbiy okrugida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun press-tur tashkil yetildi.

Press-tur avvalida taklif etilgan jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani uyushtirildi. Unda okrug qoʼmondonligi, okrug matbuot xizmati va 2021-yil xalqaro armiya oʼyinlari gʼoliblari milliy armiyamizda bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar va dolzarb yangiliklar haqida maʼlumot berib oʼtdi. 

Press-turda asosiy mavzu sifatida soʼngi vaqtda foydlanishga topshirilgan yangi oʼquv binolari boʼldi. Bu mavzu mehmonlarda harbiy xizmatchilarning ajdodlarimiz tarixini oʼrganishga boʼlgan qiziqishlari va eng ilgʼor axborot texnologiyalarini oʼzlashtiriyotgani benihoyat quvonartirdi. 

Bu borada jurnalistlar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga masʼul ofitserlardan atroflicha javob oldi.

Shundan soʼng jarayonlar amaliy tus oldi. OAV vakillari Markaziy harbiy okrug va harbiy qism hududi boʼylab sayohat qilishdi. 

Jumladan, harbiy xizmatchilarning sifatli taʼlim olishi hamda xizmatni oʼtashlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tarix va axborot texnologiyalari oʼquv binolaridagi oʼquv-moddiy bazalar, harbiy texnika va qurol-yarogʼlar, kutubxona, sport inshootlari, yotoqxona, oshxona va ovqatlanish ratsionlari, manaviy-hordiq olishlari uchun barpo etilgan maskanlar bilan yaqindan tanishishdi.

Bundan tashqari jurnalistlar jangovar texnikalar hamda oʼqotar qurollar trenajyor komplekslarida boʼlib, amaliy mashgʼulotlarda oʼzlarini sinab koʼrishdi. 

Qiziqarli voqealarga boy boʼlgan press-tur yakunida bir guruh jurnalist va blogerlarga yosh-avlodni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Markaziy harbiy okrug qoʼshinlari qudrati, shuningdek, harbiy sohadagi jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik mashgʼulotlarini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritishda va harbiy xizmat nufuzini yanada oshirish yoʼlida qoʼshgan munosib hissasi uchun okrug qoʼmondonligining tashakkurnomasi va esdalik sovgʼalari topshirildi. 

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati