Nuristonda qayta ta’mirdan chiqarilgan askarlar oshxonasi foydalanishga topshirildi

0
1138

Harbiy xizmatchilarning yashash va xizmat sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilgan islohotlar jadal davom etmoqda. Zamon talablariga javob beradigan yotoqxona, o’quv binolari, sport maydonlari qurib foydalanish uchun harbiylar ixtiyoriga topshirilmoqda.

Janubi-g’arbiy maxsus harbiy okrugi tasarrufidagi Nuriston qo’rg’onida joylashgan harbiy qismda 600 o’rinli oshxona binosining qayta ta’mirdan chiqarilib tantanali ravishda topshirilgani ham ushbu islohotlarning mantiqiy davomi bo’ldi.

Okrug boshqaruv appari, tuman hokimligi, nuroniylar, bir guruh yoshlar va harbiy qism shaxsiy tarkibi ishtirokida o’tgan tadbirda so’z olganlar barchani bayram bilan tabrikladi. Oshxona binosining zamon talablariga javob beradigan bu kabi shinam va chiroyli ko’rinishi mehmonlar hayratiga sabab bo’ldi.

Qayta ta’mirdan so’ng bezalgan ilk dasurxonga harbiy xizmatchilar bilan bir qatorda nuroniylar va yoshlar ham taklif etildi.

Bu kabi sharoitlar harbiy xizmatchining kayfiyatini ko’tarib, oldindagi xizmat vazifasini to’laqonli va sifatli bajarishida ham muhim omil bo’lib xizmat qiladi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati