Jizzaxda bolajonlar uchun bayram tantanasi o‘tkazildi

0
579

Jizzax garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazida yangi yil bayrami munosabati bilan harbiy xizmatchilar hamda Qurolli Kuchlar xizmatchilarining farzandlari uchun “Yangi yil archasi” mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda 500 ga yaqin harbiy xizmatchi va Qurolli Kuchlar xizmatchilarining oila a’zolari va farzandlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida viloyat drama teatrining aktyorlari tomonidan ertak va multfilim qahramonlari obrazi gavdalantirilib, turli sahna ko‘rinishlar namoyish etildi.

Shuningdek, iqtidorli o‘g‘il-qizlar ishtirokida she’r aytish, qo‘shiq kuylash tanlovlari o‘tkazildi. Qorbobolar kiyimlarini kiygan harbiy orkestr jamoasi tomonidan chalingan musiqalar esa bolajonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Yangi yil bayrami munosabati bilan barcha bolajonlarga sovg‘a ulashildi.

Tadbir yakunida bolajonlar uchun harbiy qism oshxonasida bayram dasturxoni takshil etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati