Ikkinchi jahon urushi faxriylari holidan xabar olindi

0
518

29-dekabr kuni Toshkent viloyatining Bekobod shahrida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi faxriylari holidan xabar olindi.

Bekobod shahar hokimining o‘rinbosari A.Dadaboyev, shahar mudofaa ishlar bo‘limi boshlig‘i mayor A.Jakbarov, shuningdek, sektor rahbarlari madaniyat markazi va sog‘liqni saqlash bo‘limi bilan birgalikda Xasan ota Xolmatov, Tursun ota Masurmonqulov va Jalol ota Iskandarovlarning xonadonlariga tashrif buyurildi. 

Tashrif davomida urush faxriylariga O‘zbekiston prezidentining tabrigi va “O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” esdalik nishoni hamda esdalik sovg‘alari topshirilgan.