Toshkent harbiy okrugining ezgu ishda hissasi salmoqli

0
1231

O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng zamonaviy talab va standartlarga javob beradigan, yurtimiz mustaqilligi, uning xavfsizligi va yaxlitligining kafolati bo‘lgan Qurolli Kuchlarni barpo etish va milliy armiyamizni shakillantirish borasida o‘zining mohiyati va ko‘lamiga ko‘ra tom ma’noda ulkan ishlar amalga oshirildi.

Mamalakatimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlash, qo‘shinlarning boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish maqsadida keng qamrovli islohotlar o‘tkazildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-yanvardagi tegishli Qarori va O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2001-yil 12-yanvardagi buyrug‘iga asosan qo‘shinlarning boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida “Toshkent” birlashgan qo‘mondonligi bazasida Toshkent harbiy okrugi tashkil etildi.

Toshkent harbiy okrugi – Toshkent shahar, Toshkent va Sirdaryo viloyatlari hududini o‘z ichiga oladi.

Toshkent harbiy okrugi tashkil topgan kundan boshlab okrug qo‘shinlarini tashkil etish, isloh qilish va faoliyat ko‘rsatishining huquqiy asoslarini yaratish, kadrlar tayorlash tizimini takomillashtirish, shaxsiy tarkibni tarbiyalashga juda katta e’tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda Toshkent harbiy okrugi mamlakatimiz mustaqilligi, suverenteti va hududiy yaxlitligini saqlash, tinch va osuda hayotimizni himoya qilishdek ezgu ishda munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Okrug harbiy xizmatchilari orasida xalqaro armiya o‘yinlarida ishtirok etib faxrli o‘rin egallaganlar, xalqaro olimpiya o‘yinlari va musoboqalarda chempionlikni qo‘lga kiritganlar, davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlar soni kun sayin oshib bormoqda.

Hozirgi kunda okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarning infratuzilmalari qaytadan zamonaviy talablarga javob beradigan holatda qurilib hamda rekonstruksiya qilib kelinmoqda.

Okrug qo‘shinlarini zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahalar bilan butlash samarali davom etyapti.

Jahon andozalarga mos keladigan o‘quv bazalari, malaka oshirish markazlari, o‘quv sinflari, trenajyorlar yaratilgan va o‘rnatilgan bo‘lib, bular harbiy xizmatchilarning kasbiy ko‘nikmalarini takomillashtirishda qo‘l kelyapti.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati