Markaziy harbiy okrugda estrada yulduzlari ishtirokida kontsert dasturi namoyish etildi

0
889

Markaziy harbiy okrug qoʼmondonligi tashabbusi bilan Samarqand garnizonidagi harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolarini Qurolli Kuchlarimizning 30 yilligi hamda kirib kelayotgan yangi 2022 yil bilan qutlash maqsadida estrada yulduzlari hamda taniqli soʼz ustalari ishtirokida bayram kontserti namoyish etildi.

Unda dastlab estradamiz yulduzlari harbiy xizmatchilarni yaqinlashayotgan Qurolli Kuchlarimiz 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etib, oʼz ijod namunalarini havola qilishdi.

Unda taniqli xonandalar Аlisher Fayz, Аnvar Gʼaniev, soʼz ustasi Zokir Ochildiev hamda bir guruh estradamizning yosh yulduzlaridan iborat ijodkorlar tomonidan ijro etilgan milliy va zamonaviy kuy-qoʼshiqlar sanʼatsevar harbiylar va ularning oila aʼzolari uchun koʼtarinki kayfiyat ulashish bilan birga barchani raqsga chorladi.

Аyniqsa, soʼz ustalarining yumorga boy hazil-mutoyibalari tomoshabinlarning barchasiga kulgi va tabassum ulashgani oʼzgacha boʼldi.

– Bugun Fargʼonadan Samarqandga farzandim va nabiralarimni koʼrgani kelgandim, shu bahonada men ham bugungi kontsertdagi xursandchiliklarga sherik boʼldim, – deydi Robiya aya Turdieva. – Farzandlarimizning madaniy hordiq olishlari uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar meni benihoyat quvontirdi va oilaviy miriqib dam oldik.

Umuman olganda tashkillashtirilgan kontsert dasturi harbiylar va ularning oila aʼzolari uchun haqiqiy bayram tuhfasi boʼldi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati