Termizda «Yilning eng faol yoshlar yetakchisi» ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi g‘oliblari taqdirlandi

230

Surxondaryo viloyatidagi eng tashabbuskor, fidoyi yoshlar yetakchilari bellashdilar. Unga ko‘ra harbiy qismlar va muassasalardagi yoshlar yetakchilari o‘rtasida:

1-o‘rinni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yoshlar yetakchisi kapitan Bekzod Qurbonaliyev;
2-o‘rinni Surxondaryo viloyati DXX Chegara qo‘shinlari yoshlar yetakchisi kapitan Azizbek Inakjonov;
3-o‘rinni Mudofaa vazirligi Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Xayrobod garnizoni harbiy qism yoshlar yetakchisi kapitan Valijon Bozorboyev qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, korxona va tashkilot yetakchilari g‘oliblari ham aniqlanib, ularga O‘zbekiston yoshlar ittifoqining diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbirda garnizon harbiy orkestr jamoasining Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlari hamda viloyat madaniyat bo‘limi tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

Surxondaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi tasarrufidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan jangovar qo‘l jangi chiqishlari tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV,
Termiz garnizoni