Sportchilarimiz Vatanga qasamyod qilishdi

0
1190

Armiyada xizmat qilish sharafli burch. Har bir yigit kishi harbiy xizmat davomida yurt tinchligi, Vatan osoyishtaligi yo‘lida qilinayotgan ishlarning tub mohiyatini anglab yetadi.
Mudofaa vazirligi Sport markazi sportchilari Ulug‘bek Rashitov hamda Niyoz Po‘latov ham Vatan oldidagi muqaddas burchlariga sodiq bo‘lishga tantanali qasamyod qilishdi.

– Vatan oldidagi burchni ado etish har bir yigitning ham nomusi, ham ori sanaladi, – deydi “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi, yoshlar o‘rtasida Olimpiya o‘yinlari sovrindori, Tokio Olimpiadasi g‘olibi Ulug‘bek Rashitov. – Ushbu kun men Vatanga qasamyod qildim. Albatta, kelajakda men o‘z ustimda ishlab, harbiy sportchi bo‘lib, xalqaro arenalarda yurtimiz bayrog‘ini yuqori ko‘tarishga harakat qilaman.

Xalqaro sport ustasi, Osiyo o‘yinlari va ko‘plab xalqaro turnirlar g‘olibi va sovrindori, Niyoz Po‘latov ham Vatan oldidagi muqaddas burch haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Vatan oldidagi muqaddas burchini bajarishga ahd qilgan xarbiy sportchilarimiz buyuk ajdodlarimiz an’analariga sodiq qolib, bunyodkor xalqimiz, ozod va obod Vatanimiz tinchligi va farovonligi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilishga qasamyod qildilar.

Sherzod EGAMBERDIYeV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti