Qurolli Kuchlari akademiyasida bolajonlar uchun bayram tantanasi o‘tkazildi

0
524

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida yangi yil bayrami munosabati bilan harbiy xizmatchilar hamda Qurolli Kuchlar ishchi-xizmatchilarining farzandlari uchun “Yangi yil archasi” mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda 100 ga yaqin harbiy xizmatchilarning oila a’zolari va farzandlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida iqtidorli o‘g‘il-qizlar “Ozod va obod yurt”, “Mening oilam – mening faxrim”, “Butun olam ranglari jilosi”, “Mening dadam Vatan himoyachisi” mavzularda she’r aytish, qo‘shiq kuylash tanlovlarida bellashdilar, shuningdek, shijoatga to‘lib turgan yoshlar raqsga tushdi. Qorbobolar kiyimlarini kiygan harbiy orkestr jamoasi tomonidan chalingan musiqalar bolajonlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Yangi yil bayrami munosabati bilan barcha bolajonlarga Qorbobo tomonidan sovg‘a ulashildi.

Tadbirdan keyin O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirish maqsadida ekskursiya tashkil etildi. Yoshlar akademiya faoliyati bilan tanishib, chuqur taasurotlarga ega bo‘ldilar.

Dildora ABDURAXMONOVA,
Qurolli Kuchlar akademiyasi xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning
oila-a’zolari bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassis