Fotoreportaj: harbiy orkestr jamoalarining galakonsert dasturi

0
630

Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligining Jizzax, Samarqand, Navoiy hamda Kattaqo‘rg‘on garnizonlaridagi yangi yil archasi o‘rnatilgan maydonlarda harbiy orkestr jamoalari o‘z galakonsert dasturlarini namoyish etishdi.

Harbiy ijodkorlarning ona Vatanni madh etuvchi qo‘shiqlari, klassik va milliy kuylari bayramona kayfiyat bilan yurgan yurtdoshlarimizni befarq qoldirmadi, ularning bir joyga jam bo‘lishiga sababchi bo‘ldi.

Ayniqsa, harbiy orkestrning Qorbobo kiyimlarida markaziy ko‘chalar, ko‘ngil ochar savdo markazlari bo‘ylab o‘tkazgan konsert dasturlari “Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” ekanligini aks ettirib, olqishlarga sazovor bo‘ldi.

Markaziy harbiy matbuot xizmati