Samarqandda “Mehnat yarmarkasi” doirasida brifing o‘tkazildi

0
595

Markaziy harbiy okrugining ma’naviyat va ma’rifat markazida muddatliy harbiy xizmatni o‘tab qaytgan samarqandlik yoshlar hamda harbiy xizmatchilarning oila a’zolari uchun “Mehnat yarmarkasi” doirasida brifing o‘tkazildi.

Brifingda Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi, tijorat banki hodimlari hamda ko‘p ish o‘rinlariga ega korxona va tashkilot rahbarlari hamda tadbirkorlar bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.

Brifingda 600 ga yaqin ishtirokchi qatnashgan bo‘lsa, shundan 350 nafarga yaqini muddatliy harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar tashkil etdi.

Brifing tadbirida viloyatning 20 dan ortiq tadbirkorlari o‘z bo‘sh ish o‘rinlarini yoshlarga taklif etib, ular o‘rtasida mehnat shartnomasi imzolandi.

Shuningdek, mustaqil tadbirkorlikni rivojlantirish uchun istak va takliflarini bergan 70 ga yaqin yoshlarga viloyat bandlik boshqarmasi hamda tijorat banklari tomonidan imtiyozli kredit olishlar uchun sertifikatlar topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati