Samarqandda «Yilning eng faol yoshlar yetakchisi» g‘oliblari aniqlandi

0
546

Habaringiz bor, «O‘zbekiston yoshlari forumi-2021» haftaligi doirasida bir qator sport va ma’naviy-ma’rifiy ko‘rik tanlovlar o‘tkazildi.

Aynan Samarqand viloyatida o‘tkazilgan ushbu forum yakuni hamda yoshlar yetakchisining yillik faoliyati tahlili bo‘yicha Markaziy harbiy okrugning ma’naviyat va ma’rifat markazida umumta’lim maktabi, korxona va tashkilot hamda harbiy qismlardagi yoshlar yetakchilari ishtirokida sarhisob tadbiri bo‘lib o‘tdi.

«Yilning eng faol yoshlar yetakchisi» ko‘rik-tanlovining Samarqand viloyatidagi harbiy qism va muassasalar yetakchilari o‘rtasida:

1-o‘rinni mayor Toshpo‘latov Abror To‘lqinjon o‘g‘li (Markaziy harbiy okrug);
2-o‘rinni kapitan Otaqulov Sardor Qodir o‘g‘li (DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qism);
3-o‘rinni leytenant Boqiyev Ilhom Ramz o‘g‘li (viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi) egalladi.

Tadbir davomida umumta’lim maktabi yoshlar yetakchilari o‘rtasida hamda korxona va tashkilot yetakchilari g‘oliblari aniqlanib, ularga O‘zbekiston yoshlar ittifoqining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir yakunida Samarqand garnizoni harbiy orkestr jamoasining Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlari hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi sardorlari tomonidan tayyorlangan fleshmoblari tadbir ishtirokchilari e’tiboriga havola qilindi.

Tadbirdan so‘ng yoshlar yetakchilari uchun Markaziy harbiy okrugda ochiq eshiklar kuni tashkillashtirildi. Yoshlar yetakchilari harbiy xizmatchilar uchun yangidan qurib bitkazilgan o‘quv xonalari hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Markaziy harbiy okrugdagi boshlang‘ich tashkiloti xonasi, harbiy qismlardagi yoshlar yetakchilari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati