Harbiy xizmatchilarning kuchli irodaga ega bo‘lishi yo‘lida

0
640

Axloqiy-ruhiy tayyorgarlik kuni munosabati bilan Markaziy harbiy okrugning Samarqand hamda Kattaqo‘rg‘on garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari bilan axloqiy-ruhiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Jumladan, Samarqand garnizonidagi harbiy qismda yangidan barpo etilgan ruhiy zo‘riqishlarni yechish xonasida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar davomida harbiy psixolog va sosiologlar tomonidan shaxsiy tarkibning ruhiy salomatligini muhofaza qilish, favqulodda holatlarni, shuningdek stress, depressiya hamda boshqa turli ko‘rinishdagi bosimlarni oldini olish maqsadida erkak va ayol harbiy xizmatchilar ishtirokida psixokorreksion trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Shuningdek, harbiy xizmatchilarning xizmat hamda shaxsiy hayotlaridagi muvaffaqiyat, xotirjamlik, ruhiy yengillik kabi tuyg‘ularini oshirish maqsadida ruhiy zriqishlarni yechishga qaratilgan mashg‘ulotlar ham olib borildi.

Kattaqo‘rg‘on granizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari bilan “Peyntbol” sport klubida bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlar davomida ikki guruhga bo‘linib harakatlangan harbiylar jamoaviy matonat ko‘rsata olishdi.

Ushbu sport klubi haqiqiy jang sharoitlariga juda yaqinligi bilan ahamiyatlidir. Bu esa harbiy xizmatchilarda ruhiy-psixologik ko‘nikmalarni yanada oshirishga, ularni hushyor va mardonavor harakatlanishga undaydi.

Mashg‘ulotlar davomida jamoalar o‘zlarining liderlik qobiliyatini, tezkorligi, shiddatliligi va eng muhimi, jangovar qobiliyatini sinovdan o‘tkazishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati