Harbiy ko‘pkurash musobaqalari qizg‘in bahslarga boy bo‘ldi

0
697

O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Farg‘ona viloyati Quva tuman o‘quv sport texnika klubi hamda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Farg‘ona garnizonidagi harbiy qism hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Quva tumanida joylashgan harbiy qismda muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida “Harbiy ko‘pkurash” va “O‘q otish” musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Dastavval hakamlar musobaqa shartlari bilan tushintirib o‘tdi. Shundan so‘ng turnikda tortilish, merganlik mahorati, harbiy-tibbiy estafeta, tosh ko‘tarish, arqon tortish kabi bir-biridan murakkab bo‘lgan mashqlar boshlandi.

Musobaqa yakunida“Vatanparvar” tashkiloti faoliyati to‘g‘risida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda “Vatanparvar” tashkiloti Farg‘ona viloyat kengashi raisi mas’ullari, harbiy qism komandirlari va “Vatanparvar” tashkiloti Quva tuman o‘quv sport texnika klubi xodimlari o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi. Musobaqada faxrli o‘rinlarni egallagan jamoalar “Vatanparvar” tashkiloti Quva tuman o‘quv sport texnika klubining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati