Ekstremal sharoitda ado etilgan vazifa

0
611

Markaziy harbiy okrugda yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash yoʼlida xizmat qilishga ahd qilgan harbiy xizmatchilar Jizzax garnizonidagi togʼli hududlarda, murakkab va harakatlanish qiyin boʼlgan joylarda hamda ekstremal sharoitlarda ham koʼnikmasini mustahkamladilar.

Xususan, sharoitga mos ravishda niqoblanish, qorli togʼning tik va yassi balandliklariga arqonsiz chiqish, qulay va koʼzga tashlanmaydigan pozitsiyalarni egallash, maydon kuzatuvini tashkil etish kabi mashgʼulotlar undan oʼrin oldi.

Bu borada harbiy xizmatchilar toʼgʼri va aniq harakatlanib qoyalar va choʼqqilarni qanday jilovlash mumkinligini yana bir bor amalda koʼrsatishdi.

Shundan soʼng guruh shaxsiy tarkibiga shartli dushman yashiringan hududga yetib borish va uni yoʼq qilish vazifasi yuklatildi. Bu jarayonda harbiy xizmatchilar tepalikdan tushish, shartli dushman hududuni kuzatish va qayta mudofaalanish mashgʼulotlarini oʼtab, tepalikdan pastga harakatlanish davomida pozitsiyalarni egallash va shartli dushmanga qarata aniq va tez oʼt ochish usullarini uddalashdi.

Bunda jangchilari uyushqoqlik bilan harakat qilib, yuqori darajadagi tayyorgarlikka ega ekanliklarini namoyon etishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati