Sanʼat vositasida vatanparvarlik targʼiboti

0
558

Prezidentimiz tomonidan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʼyicha ilgari surilgan 5 muhim tashabbusning biri «Yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarish»ga yoʼnaltirilgan boʼlib, uning ijrosini taʼminlash maqsadida joylarda oʼquvchi-yoshlar orasida rassomchilik yoʼnalishi boʼyicha turli xil tanlovlar oʼtkazilmoqda.


Shunday tanlovlardan biri vatanparvarlik oyligi munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislar tayyorlash markazida “Mening armiyam – mening faxrim ” mavzusida oʼtkazildi.
Unda Markazda tashkil etilgan “Isteʼdod gʼunchalari” nomli rassomchilik toʼgaragi aʼzolari va bir guruh oʼquvchi yoshlar oʼzlarini mahoratlarini namoyon etish bilan cheklanib qolmasdan, oʼz ijod namunalarini tomoshabinlarga izohlab berishdi. Tanlov gʼoliblariga Markaz qoʼmondonliginining faxriy yorliq va sovgʼalari topshirildi.
Bu kabi tanlovlarni oʼtkazilishi rassomchilik yoʼnalishida ijod qilayotgan yoshlarni qoʼllab-quvvatlash, havaskor yoshlarni rassomchilik va sanʼatga qiziqtirish hamda rassomchilik orqali yoshlarni vatanparvarlik ruhida taʼlim-tarbiya olishlarida koʼmak berish, maʼnaviyatini yuksaltirish, milliy qadriyat va anʼanalarni tarannum etishda kata ahamiyat kasb etadi.

Kichik serjant Xayrullo OʼLMАSOV