Targ‘ibot tadbiri ta’sirchanligi bilan samaralidir

0
563

Barchamizga ma’lumki, bugungi kunda yurtimiz bo‘ylab Qurolli Kuchlar tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan “Xalq va armiya – bir tanu bir jon” shiori ostida Vatanimiz sarhadlarining metin qalqoni bo‘lgan harbiy xizmatchilarimiz ishtirokida targ‘ibot tadbirlari, harbiy-vatanparvarlik festivallari, uchrashuvlar, turli ko‘ngil ochar dasturlar namoyish etib kelinmoqda.

Markaziy harbiy okrugning Samarqand garnizoni harbiy xizmatchilari targ‘ibot tadbirlarining ta’sirchanligini oshirish maqsadida, Samarqand shahri bo‘ylab aholi va yoshlar o‘rtasida turli aksiyalar doirasida Qurolli Kuchlarimizning bugungi qudrati va salohiyati xususida so‘rovnomalar o‘tkazib, ularning bu boradagi bilimlarini mustahkamlashga ko‘maklashdi.

Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari bilan o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida haydovchilarning yo‘llarda hamisha yo‘l harakati qoidalariga amal qilib yurishlarini so‘rab, xalq va armiya birdam ekanligi ta’kidlanib, Qurolli Kuchlarimiz 30 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kunini targ‘ib qiluvchi bukletlarni tarqatish hamda stikerlarni yopishtirish ishlari amalga oshirildi.

Qurolli Kuchlarimizning 30 yillik shodiyonasi bu birgina Vatan himoyachilariniki emas, balki butun xalqimizning bayramidir. Xususan, o‘tkazilayotgan bunda targ‘ibot tadbirlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad ham armiya va xalq yakdilligini yanada mustahkamlashdir.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati