Termizda marhum harbiy xizmatchi G‘ulomjon Husanov xotirasi yod etildi

0
464

Vatan va ota-ona tanlanmaydi. Bir Vatan va xalqqa mansublik esa kishiga umr bo‘yi ma’suliyat yuklab boraveradi. Har ikkisini har qanday yovuz kuchlardan himoyaqilish shu Vatan farzandi, shu xalq vakili bo‘lgan har bir yigit uchun muqaddas burch, sharafli vazifadir.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug ma’sul ofitserlar, Surxondaryo viloyat Mudofaa ishlar boshqarmasi huzuridagi Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxasisliklari bo‘yicha tayyorlash markazi, faxriylar hamda o‘quvchi yoshlar 2000-yil yoz oylarida Sariosiyo tumani tog‘larida Vatanimiz sarhadlariga yovuz niyatda suqilib kirmoqchi bo‘lgan halqaro terrorchi gazandalarga qarshi kurashda qahramonlarcha halok bo‘lgan marhum harbiy xizmatchi G‘ulomjon Husanov xotirasini yod etdi.

Marhum harbiy xizmatchi G‘ulomjon Husanovning otasi tadbirda ishtirok etib, farzandini Vatani, xalqi va qasamyodiga sodiq qolib, Vatanimiz mustaqilligining himoyasi yo‘lida ko‘rsatgan qahramonliklari to‘g‘risida tadbir ishtirokchilariga, qarindoshlariga, safdoshlariga, do‘stlariga hamda maktab o‘quvchilari so‘zlab berdi.

Shundan so‘ng marhum harbiy xizmatchining byustiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning ikkinchi qismi qahramon tahsil olgan maktab majlislar zalida davom ettirildi. Unda o‘quvchi yoshlar tomonidan tayyorlangan sahnalashtirilgan harbiycha chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va Vatan himoyachilariga bag‘ishlangan she’rlar ijro etildi.

III darajali serjant Akbar AHMYeDOV,
Termiz garnizoni