Sharqiy harbiy okrugda qator yangi bino va inshootlar foydalanishga topshirildi

0
1020

Sharqiy harbiy okrugda harbiy xizmatchilar uchun bir qator yangi binolar foydalanishga topshirildi.

Mudofaa vazirligi masʼullari, Sharqiy harbiy okrug qoʼmondonligi, faxriylar, keng jamoatchilik ishtirok etgan tadbirda yangi va zamonaviy qiyofaga kirgan “Fargʼona” dala oʼquv maydonidagi binolar, yaʼni yotoqxonalar, jangovar texnikalar parki, ruhiy tayyorgarlik shaharchasi harbiy xizmatchilar ixtiyoriga topshirildi. Shuningdek, Fargʼona shahridagi harbiy qismda jangovar texnikalar parki zamonaviy qiyofaga ega boʼldi.

Sharqiy harbiy okrug “Fargʼona” dala oʼquv maydonida barpo etilgan yotoqxonalar, ruhiy tayyorgarlik shaharchasi va jangovar texnikalar parkida harbiy xizmatchilar uchun barcha qulayliklar mavjud. Innovatsion usulda mashgʼulotlar olib borish uchun zarur texnik vositalar bilan jihozlangan ruhiy barqarorlikni taʼminlovchi shaharchada turli xil yoʼlaklar qurilgan boʼlib, unda harbiy xizmatchilar charchoqdan soʼng oʼzini tez tiklashi, tezkor qaror qabul qilish koʼnikmalarini shakllantirishi va shu kabi bir qator psixologik sifatlarni yaxshilashga koʼmaklashadigan sharoitlar yaratilgan.

Bundan tashqari harbiy okrugning Fargʼona garnizonida harbiy xizmatchilar uchun 4 va 2 qavatli 170 oʼrinli binolar taʼmirdan chiqarilib, tantanali ochilish marosimlari boʼlib oʼtdi.
Mehmonlar yangi binolarni koʼzdan kechirish davomida harbiy xizmatchilarga yaratib berilayotgan qulayliklar ularning xizmat burchini sifatli ado etishlarida muhim omil boʼlishini taʼkidladilar.

Tadbirda mazkur bino va inshootlar qurilishida fidoyilik ko‘rsatgan buyodkor quruvchilar va harbiylar taqdirlandi.

Mazkur bino va inshootlar Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni oldidan harbiy xizmatchilarga munosib tuhfa boʼldi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati