Sharof Rashidov tumanida navbatdagi harbiy vatanparvarlik festivali o‘tkazildi

0
559

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida “O‘zbekiston yoshlar forumi-2021” hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan yoshlarda harbiy-vatanparvarlik va insoniylik tuyg‘ularini shakllantirish, xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlash maqsadida “Xalq bilan armiya – bir tanu bir jon” shiori ostida harbiy vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi.

Dastlab “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” aksiyasi bilan boshlangan festivalda tuman aholisi va yoshlar hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etishdi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan marafondan so‘ng harbiy-vatanaparvarilik festivali bayramona shukuhdagi konsert dasturiga ulandi. Jizzax garnizoni harbiy orkestri jamoasi va estrada xonandalarining kuy va qo‘shiqlari yoshlarga jo‘shqin kayfiyat bag‘ishladi.

Harbiy xizmatchilarning saf va qo‘l jangi elementlari va xizmat itlari bilan chiqishlari, harbiy texnika va qurol-aslahalar namoyishi, xushkayfiyat ulashuvchi sahna ko‘rinishlar aholi va yoshlarga unitilmas onlarni in’om etdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati