“Men ham Vatanga xizmat qilaman!” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi

0
1543

O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tashkil etilganligining o‘ttiz yillik bayramini nishonlash arafasida Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan joylarda turli ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida “Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” shiori ostida o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada kamol toptirish maqsadida Sirg‘ali tumani xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda tumandagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan Vatanparvarlik to‘garaklarining 7-8 va 9-10-sinflar o‘quvchilari o‘rtasida “Men ham Vatanga xizmat qilaman” mavzusida insholar tanlovi tashkil etish orqali o‘tkazildi.

Tanlovda maktab bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar ishtirok etishdi. Imlo va savodxonlik qoidalariga rioya etilgan holda, mustaqil va erkin fikrlarga tayanib yozilgan, mavzu to‘liq yoritib berilgan insholar muallifi bo‘lgan o‘quvchi yoshlar aniqlanib, tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Har qanday davlat o‘z istiqbolini sog‘lom va barkamol avlod timsolida ko‘radi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonini, kuchli fuqarolik jamiyati va huquqiy demokratik davlat qurishdek ezgu maqsadlar ro‘yobini yoshlar ishtirokisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.

Mayor Sherqo‘zi HAKIMOV