Xalqaro armiya o‘yinlari g‘oliblari o‘zlari o‘qigan maktabda bo‘lishdi

0
508

Markaziy harbiy okrugning Samarqand garnizonida yigitlik burchini o‘tayotgan va 2019-2020 hamda 2021-yillarda “Xalqaro armiya o‘yinlari”ning “Xavfsiz marshrut” hamda “Muhandislik formulasi” bahslarida munosib ishtirok etib faxrli o‘rinlarni qo‘lgan kiritgan muhandis harbiy xizmatchilarimiz Kattaqo‘rg‘on shahridagi o‘zlari o‘qigan umumta’lim maktabida bo‘lishdi.

Milliy armiyamizning faxriga aylangan o‘g‘lonlar bugungi milliy armiyamizning qudrati va salohiyati hamda harbiy xizmatchilarning erishayotgan yutuqlari haqida so‘z yuritib, yoshlarning vatanparvarlik ruhida yorqin kelajak sari dadil qadam tashlashi uchun ilhom bag‘ishladi.

O‘quvchi yoshlar esa o‘zlarini ushbu sohadagi qiziqtirgan savollar va maktabining faxriga aylangan harbiy xizmatchilarning hayot yo‘liga qiziqish bildirdi va undan yana bir ilhom olib, shu joyning o‘zida Vatan himoyachilariga bag‘ishlangan konsert dasturini va she’rlarini taqdim qilishdi.

Quvonarlisi, bugungi kelib ushbu maktabda Xalqaro armiya o‘yinlarida yuqori marralarni egallayotgan Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilaridan iborat “Maktabimiz faxri” degan alohida burchak yaratilgan.

Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan uchrashuvdan so‘ng muhandis mutaxassisi bo‘lgan harbiy xizmatchilarimiz, o‘z kasblarining sir-asrorlarini yoshlarga ko‘rgazmali namoyishlar orqali taqdim etishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati