“Termiz” dala oʻquv maydonida taktik maxsus oʻquv oʻtkazildi

0
801

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi “Termiz” dala oʻquv maydonida harbiy okrug radiatsion, kimyoviy, biologik muhofaza boʻlinmalari bilan taktik maxsus oʻquv oʻtkazildi.
Mashgʻulotda radiatsion kimyoviy boʻlinmalar muhofaza boʻlinmalarini jangovar shaylikka keltirish, safar yurishida radiatsion, kimyoviy, biologik razvedkani tashkillashtirish, zararlangan hududlardan oʻtish, niqoblanish va shaxsiy himoya vositalaridan samarali foydalanish, zararlangan qurol-aslaha va texnikalar hamda shaxsiy tarkibga toʻliq maxsus ishlov berish kabi mashqlar amalga oshirildi.

Bundan koʻzlangan maqsad, mutaxassislar har qanday sharoitda radiatsion, kimyoviy, biologik muhofaza vazifalarini tashkil qilish va bajarish boʻyicha nazariy va amaliy tayyorgarliklarini oshirib, kasbiy professional mahoratlarini oshirishdan iborat edi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV,
Termiz garnizoni