Samarqandda yurt o‘g‘lonlari imkoniyati cheklangan o‘quvchi yoshlar holidan xabar olishdi

0
485

Samarqandda yurt o‘g‘lonlari tomonidan “Mehrli qo‘llar mehr ulashmoqda” shiori ostida imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan o‘quvchi yoshlarga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida uchrashuv va ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir tashkil etildi. Bu galgi manzil viloyat xalq ta‘limi boshqarmasiga qarashli 61-sonli eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internati bo‘ldi.

Tadbirda eshitishda nuqsoni bo‘lishiga qarasmasdan o‘quvchilar qo‘l harakatlari va imo-ishoralar orqali she`rlar aytishdi hamda raqsga tushishdi. Harbiylarimiz ularni yaqinlashib kelayotga yangi yil bayrami va Qurolli Kuchlar tashkil etilganligining 30 yilligi bilan tabriklab, 100 tacha kitoblar, o‘quv qurollari va yangi yil sovg‘alarini topshirdilar.

Bunday tadbirlarning o‘tkazilishi imkoniyati cheklangan yoshlarga ijtimoiy yordam ko’rsatish, moddiy va ma‘naviy qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatda o‘z o‘rinlarini egallashlarida katta ahamiyat kasb etadi hamda jamiyatimizda mehr-oqibat, odamiylik, ezgulik kabi fazilatlarni kuchaytirishi bilan birga barchani xayrli va savobli ishlarga undaydi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati