Nukusda harbiylar donorlik aksiyasida qatnashdi

0
487

Mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil topganining 30 yillik bayramiga bagʻishlab yurtimizda joriy etilgan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qon qoʻyish markazi tashabbusi bilan “Ezgulik, albatta, qaytadi” nomli hayriya aksiyasi oʻtkazildi.

Nukus garnizonidagi safarbarlik chaqiruvi rezervi batalyonida oʻtkazilgan hayriya aksiyasida 150 nafardan ziyod koʻngilli harbiylar donor sifatida qon topshirdi.

Taʼkidlash joizki, topshirilgan begʻaraz donorlik aksiyasi orqali ajratilgan albumin dori vositalari respublikamizdagi Onkologiya va gematologiya ilmiy-amaliy markazlarining hududiy boʻlinmalarida davolanayotgan bemor bolalarga hayriya sifatida beriladi.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati