“Harbiy qismda bir kun”

2

Mudofaa vazirligining Buxoro viloyatida joylashgan harbiy qismlarining birida yoshlarni ona yurtga sadoqat va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Harbiy qismda bir kun” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda o‘quvchi yoshlar harbiy qismda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan tanishib, harbiy qismda tashkil etilgan taktik shaharchada olib borilayotgan mashg‘ulotlarning guvohi bo‘lishdi. O‘zlari ham o‘quv o‘q otar qurollarni noto‘liq qismlarga ajratish, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, pnevmatika qurolidan amaliy o‘q otish mashqini bajarish kabi o‘quv nuqtalarida o‘z taassurotlarini yanada boyitishdi.

Mashg‘ulotlarni ko‘p yillik xizmat tajribasiga ega bo‘lgan, turli tanlov va bellashuvlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ilg‘or harbiy xizmatchilar olib bordilar.

Bu kabi amaliy tadbirlar yoshlarimizni irodali, Vataniga, o‘z kasbiga sadoqatli, fidoyi yetuk kadrlar bo‘lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti