Navoiylik yoshlarni vatanparvarlikka undagan sayohat

2

Markaziy harbiy okrugning Navoiy garnizonida joylashgan Navoiy viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazida o‘quvchi yoshlar uchun ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi.

Tadbirni o‘tkazishdan maqsad, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda yurt ravnaqi va taraqqiyoti yo‘lida dahldorlik hissini oshirishdir. Ochiq eshiklar kuni doirasida dastlab yoshlarga markazda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv yo‘nalishlari va dasturlari, qurol-aslahalarning xususiyati borasida ma’lumotlar berildi. So‘ngra, o‘quvchi yoshlar uchun o‘q otish maydonchasida mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Yoshlarning markazdagi bir kunlik sayohati ularning kelajakda harbiy sohani tanlash orzusini yanada oshirgani aniq.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati