Sportchi oila – sog‘lom oila

2

Mudofaa vazirligining Navoiy viloyati Zarafshon shahrida joylashgan harbiy qismlarbning birida harbiy oilalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirokida “Otam, onam va men – sportchi oila” shiori ostida sport musobaqalari va intellektual o‘yinlar o‘tkazildi.

Mazkur tadbir yangidan qurib foydalanishga topshirilgan dala o‘quv maydonida, hamkorlikdagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ko‘p yillar davomida ahil-inoqlikda hayot kechirib kelayotgan namunali oila vakillari, yosh oilalar, shuningdek turmush qurish arafasidagi yoshlar ishtirokida o‘tkazildi.

Tadbir davomida harbiy oilalar harbiy estafeta, saf elementlarini bajarish, to‘siqlar osha yugurish, arqon tortish, merganlik, pazandachilik bo‘yicha o‘z mahoratlarini ko‘rsatishdi.

Yakunda tanlov g‘oliblari va namunali harbiy oilalar qo‘shilma komandirining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Estradamizning yorqin yulduzlari va harbiy qism badiiy havaskorlik jamoasining musiqiy chiqishlari barchaga xush kayfiyat ulashdi.

Bu kabi sport tadbirlarining o‘tkazilishi oila boshlig‘i va bekalarini sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish bilan birga jismonan baquvvat, sog‘lom va aqlan yetuk farzandlarni voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti