Osiyo chempionatidan yana bir medal!

2

Ayni kunlarda Qozog‘istonning Shimkent shahrida o‘q otish sporti bo‘yicha Osiyo chempionati bavom etmoqda. Bugun musobaqaning harakatlanuvchi nishonlarga o’q otish hamda 10 m. MIX jamoaviy bahslari davom etmoqda.

Bahslarda hamyurtlarimiz oltin, kumush hamda bronza medaliga sazovor bo’lishdi. Qayd etish joiz, ushbu bahslarda Mudofaa vazirligi sport markazi sportchilari kichik serjantlar Roman Goloshapov, Sakina Mamedova, QK xizmatchilari Olima Komilova, Muxtasar Tohirova, Rizaeva Dilso’z, Dilafruz Qobiljonova, Aleksandra Davidova hamda Oybek Kamolov o’z mahorati va tajribalarini namoyon etib g’alabaga o’z hissalarini qo’shdilar.

Sportchimizni qo’lga kiritilgan g’alaba bilan tabriklaymiz.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti