O‘Q OTISH SPORTIDA ILK BOR OSIYO CHEMPIONATIDA OLTIN MEDALGA SAZOVOR BO‘LDIK

2

Ayni kunlarda Qozog‘istonning Shimkent shahrida o‘q otish sporti bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bugun musobaqaning ilk kunida jamoamiz 4 ta medalga sazovor bo‘ldi.

Medallarimiz 10 metrga to‘pponchadan otish bahslarida qo‘lga kiritildi. Quvonarlisi, o‘smir va yosh yigitlar o‘rtasidagi bellashuvlarda hamyurtlarimiz oltin hamda bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Ta’kidlash lozimki, o‘q otish sportining to‘pponchadan otish bahslarida sportchilarimiz ilk bor Osiyo chempionligini qo‘lga kiritmoqda.

O‘q otish sporti, Osiyo chempionati. 10 metrdan to‘pponchadan otish, yoshlar:

  1. Umidbek Kamolbekov, O’zbekiston Respublikasi (MV SM) – 231.4 ochko.
  2. Yaroslav Maxnyov, Qozog‘iston Respublikasi – 230.1 ochko.
  3. Muhammad Kamolov, O‘zbekiston Respublikasi – 208.7 ochko.

Yosh sportchimizni qo’lga kiritilgan g’alaba bilan tabriklaymiz.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti