“Мирная миссия – 2021”: O‘zbekiston harbiy xizmatchilari Orenburgga yetib bordi

1

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari harbiy xizmatchilari Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Мирная миссия – 2021”: birgalikdagi o‘quv shtab mashg‘ulotida ishtirok etish uchun 11-sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Orenburg viloyatidagi Donguz poligoniga yetib keldi.

Vakillarimiz Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi tomonidan an’anaviy tarzda kutib olindi.

Shundan so‘ng shaxsiy tarkib Donguz poligonida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari uchun ajratilgan hududda joylashdi.

“Мирная миссия – 2021”: birgalikdagi o‘quv shtab mashg‘ulotida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo quyidagi davlatlar: Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Xitoy Xalq Respublikasi, Pokiston va Hindiston harbiylari qatnashmoqda.

«Mirnaya missiya-2021» birgalikdagi o‘quv shtab mashg‘uloti shu yil 11 – 25-sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Orenburg viloyatidagi Donguz poligonida bo‘lib o‘tadi.

Podpolkovnik Faxriddin NUTFILLAYEV,
Sharkiy harbiy okrug matbuot xizmati boshlig‘i.
Rossiya Federatsiyasining Orenburg viloyatidan