Kemamodel va avtomodel sport turlari g‘oliblari aniqlandi

2

Samarqand shahri mezbonligida o‘tkazilgan kemamodel va avtomodel sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati musobaqasi g‘oliblari aniqlandi.

Murosasiz kechgan musobaqalarning natijalariga ko‘ra, kemamodel bo‘yicha umumjamoa hisobida:

1-o‘rinni “Vatanparvar” tashkiloti Farg‘ona viloyati kengashi tasarrufidagi Qo‘qon birlashgan texnika maktabi jamoasi;

2-o‘rinni “Vatanparvar” tashkiloti Andijon viloyati kengashi tasarrufidagi Ulug‘nor tuman o‘quv sport texnika klubi jamoasi;

3-o‘rinni “Vatanparvar” tashkiloti Andijon viloyati kengashi tasarrufidagi Andijon avtomobil maktabi jamoasi qo‘lga kiritishdi.

Avtomodel sport turi bo‘yicha musobaqa natijalariga ko‘ra:

1-o‘rinni Andijon viloyati;

2-o‘rinni Namangan viloyati;

3-o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi sportchilari qo‘lga kiritishdi.

Musobaqalarning g‘olib va sovrindorlariga tashkilotchilarning diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati