Xonobod garnizonida «Ochiq eshiklar kuni» va «Uch avlod uchrashuvi» bo‘lib o‘tdi

0
704

Qashqadaryo viloyati Xonobod garnizonida joylashgan harbiy qismda «Xalq va armiya – bir tan-u bir jon!» shiori ostida «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkazildi.

Unda Qarshi davlat universiteti talabalari va Qarshi tumani 10-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi o‘quvchi yoshlari ishtirok etdi.

Yoshlarda harbiy-vatanparvarlik tuyg‘usini oshirish, xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil qilingan mazkur tadbir “Biz iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz!” shiori ostida o‘tdi.

Harbiy qismga bo‘lgan sayohat, harbiy uchuvchilar bilan qiziqarli suhbatlar, zamonaviy uchar apparatlarning trenajyor komplekslari bilan yaqindan tanishuv ertamiz egalarida unutilmas taassurot qoldirdi.

Shuningdek, tadbir davomida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug faxriylar kengashi a’zolari, Qarshi harbiy prokuraturasi va harbiy sud vakillari ishtirokida o‘quvchi yoshlar bilan «Uch avlod uchrashuvi» ham o‘tkazildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti