Samarqandda ayollarning siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi

2

Markaziy harbiy okrug Madaniyat va ma’rifat markazida Samarqand garnizonidagi xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchi ayollar, Qurolli Kuchlar xizmatchi xotin-qizlari hamda harbiy xizmatchilarning ayollari ishtirokida “Xotin-qizlarning jamiyatda mavqeini mustahkamlash” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Samarqand viloyati ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi, Mahalla va oilani ko‘llab-quvvatlash vazirligi viloyat boshkarmasi hamda Adolat SDP Samarqand viloyati kengashi vakillari ishtirok etib, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning huquqiy ongini yuksaltirish, jamiyatdagi mavqeini ko‘tarish, gender tenglik masalalari bo‘yicha ishtirokchilar bilan suhbat olib bordi.

Tadbir yakunida siyosiy partiya vakillari tomonidan siyosiy partiyalarning maqsad va vazifalari, prezidentlik sayloviga siyosiy partiyalar tomonidan qo‘yilgan nomzodlar to‘g‘risida ma’lumotlar berish bilan birga, qonunchilikka kiritilgan so‘nggi o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumotlar berilib, xotin-qizlarning huquqiy savodxonligi oshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati