“Davlat sirlarini saqlash – mening burchim”

2

Davlat va harbiy sirlarni saqlash, ularni oshkor etishi mumkin bo‘lgan har qanday xatti-harakatdan tiyilish, uning oqibatlari xususida huquqiy-profilaktik tadbirlarda soha mutaxassislari tomonidan harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar xizmatchilariga muntazam tushuntirish ishlari olib boriladi.

Shunday tadbirlardan navbatdagisi sifatida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizoni madaniyat markazida harbiy xizmatchilar bilan “Davlat sirlarini saqlash – mening burchim” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbida Termiz harbiy prokurorining katta yordachisi adliya mayori G‘iyosiddin Rahmonov ishtirokchilarga davlat tomonidan qo‘riqlanadigan va maxsus ro‘yxatlar bilan chegaralab qo‘yiladigan alohida ahamiyatli, mutlaqo maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va o‘zga xil ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining davlat sirlari hisoblanishi va davlat siri yoki harbiy sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar bilan ishlayotgan yoki ishlagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining o‘zi yozma ravishda bergan roziligi bilan maxfiylik muddati tugaguniga qadar, lekin ko‘pi bilan besh yilga huquqlari “O‘zbekiston Respublikasi Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun bilan cheklanishi belgilanganligi tushuntirib berildi.

Shuningdek, harbiy xizmatchilarga davlat sirlari bo‘lgan ma’lumotni oshkor etganda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga asosan davlat siri yoki harbiy sir hisoblangan hujjatlarni yo‘qotganlik bo‘yicha jinoiy javobgarlik mavjudligi haqida tushunchalar berildi.

Adliya kapitani Sarvar DAMANOV,
Termiz harbiy prokurorining o‘rinbosari