“Qo‘mondon kubogi” musobaqasi qiziqarli va zavqli o‘tdi

198

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shinlari qo‘mondoni kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 30 yillik tantanalariga bag‘ishlangan musobaqada harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari 3000 metrga yugurish bo‘yicha bellashdilar. Kichkintoylarning, uy bekalarining harbiy xizmatchilar bilan bab-baravar yugurishga harakat qilishlari juda ham zavqli. Ular bir-biridan kimo‘zarga o‘ynashardi.

Eng birinchi bo‘lib bo‘lib finish chizig‘ini bosib o‘tgan kichik serjant Farhod Xolbekov yakkalik bahslarda g‘olib bo‘ldi. Oilaviy bahslarda esa I darajali serjant Hayitboy Yo‘lchiyevlar xonadoni birinchilikni egalladi. “Eng faol ishtirokchi” Azizbek Abdurahmonov bo‘lgan bo‘lsa, “Eng yosh ishtirokchi” nominatsiyasiga Valijon Ahmatboyev (o‘g‘il bolalar orasida) va Samira Ravshanbekova (qiz bolalar orasida) sazovor bo‘ldi. G‘oliblar diplom, medal va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Tantanali taqdirlash marosimida barcha ishtirokchilar uchun so‘z ustalari, xushovoz xonandalar ishtirokida konsert dasturi hamda yosh sportchilarning jangovar sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Kapitan Aziz NORQULOV, Mudofaa vazirligi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti