Buvaydada yoshlar ishtirokida festival o‘tkazildi

0
515

Farg‘ona viloyati Buvayda tumani hokimligi, huquq-tartibotni muhofaza qilish idoralari vakillari, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, mudofaa ishlari bo‘limi, madaniyat markazi, xalq ta’limi bo‘limi hamda Qo‘qon shahrida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari hamkorlikda tuman yoshlari uchun “Yoshlar festivali” tashkil etishdi.

Ushbu festivalda yoshlar o‘rtasida turli xil sport bellashuvlari o‘tkazildi. Shuningdek, yoshlarga harbiy qurol-aslahalar namoyishi, harbiy parashyutlardan to‘g‘ri foydalanish va xavfsizlik qoidalariga amal qilish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.

Vatanparvarlikni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Bunday vatanparvarlikka yo‘g‘rilgan tadbirlar viloyatning barcha tuman va mahallalarida o‘tkazilmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati