Dovyurak “BEK BULLY” dan navbatdagi ajoyib g’alaba

0
534

Kuni kecha poytaxtimizdagi “Renaissance Hall” arenasida katta professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, unda ringga ko‘tarilgan barcha hamyurtlarimiz zafar quchib, muxlislarimizga navbatdagi unutilmas g‘alabalarni taqdim qildilar.

Mazkur boks kechasida O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sport markazi sportchisi (katta sportda “BEK BULLY” – tilla bola nomi bilan tanilgan) leytenant Bektemir Meliqo‘ziyev rossiyalik tajribali bokschi Sergey Ekimovga qarsh jang olib bordi. 8 raunddan iborat bo’igan yshbu jangda ofitserimiz raqibi ustidan katta ustunlik bilan chiroyli g‘alabaga erishdi.

Ushbu erishilgan yorqin gʻalaba orqali leytenant Bektemir Melikuziev o’zining professional boksdagi reyting o‘rinini yaxshilab oldi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi professional boksda faoliyat olib borayatgan leytenant Bektemir Meliqo‘ziyevning kelgusi janglarida ham omad tilaydi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti