Aviatsiya bilim yurti ko‘magida maktabgacha ta’lim muassasasi ochildi

0
547

Qarshi shahridagi “Alisher Navoiy” MFYda O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurti ko‘magida harbiy oila bekasi tomonidan maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil qilindi.

Mazkur obyektning ochilish marosimida Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti rahbariyati, mahalla raisi, ota-onalar va faollar ishtirok etdi.

Darhaqiqat, ayni paytga kelib Qarshi shahrida keng bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Yangidan yangi turar joylar qurilib, tez fursat ichida foydalanishga topshirilmoqda. Fuqarolarning yangi uylarga ko‘chib kelishi barobarida hududlarda ta’lim muassasalariga bo‘lgan ehtiyoj ham ortib bormoqda.

Yangi ochilgan MTM esa harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari hamda mahalliy aholi uchun ayni muddao bo‘ldi. Muassasaning kichik guruhlarga moslashtirilgan zamonaviy va shinam xonalari sifatli mebellar, rivojlantiruvchi o‘yin komplekslari va o‘yinchoqlar bilan jihozlangan.

Quvonarlisi shundaki, ushbu bunyodkorlik ortidan 8 nafar harbiy xizmatchining oila a’zolari bandligi ta’minlandi, yana 12 ta ish o‘rni yaratildi.  

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommuniksiyalar departamenti