Samarqandda harbiy xizmatchilar va yoshlar ishtirokida yurish marafoni o‘tkazildi

0
561

Bugun, 16-dekabr kuni erta tongdan Markaziy harbiy okrugning Samarqand garnizonida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 30 yilligiga bag‘ishlab “Sog‘lom hayot uchun o‘ng ming qadam” aksiyasi doirasida yurish marafoni o‘tkazildi.

Marafonda okrug qo‘mondonligi, garnizondagi barcha harbiy qism va muassasalar harbiy xizmatchilari va yoshlardan iborat 8 mingga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

Harbiy orkestr ijrosida Davlatimiz madhiyasi bilan boshlangan mazkur marafonda so‘z olganlar sport bilan hamisha hamohang bo‘lishni va ushbu musobaqa raqib sifatida emas, balki armiya va yoshlar o‘rtasidagi ko‘prikni mustahkamlashga qaratilganligini hamda o‘n minginchi qadam – so‘nggi qadam bo‘lishi kerakmasligini, sog‘lom turmush tarzi yo‘lidagi harakatlar davom etishi lozimligini ta’kidlashdi.

Shundan so‘ng qo‘mondon, harbiy xizmatchilar, tashkilot va muassasalar vakillari hamda yoshlar Davlatimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib, belgilangan masofaga marsh yurib o‘tishdi.

Marofon yakunida yoshlar uchun harbiy texnika va qurol-aslahlar ko‘rgazmasi hamda qo‘l jangi namoyish etilib, faol yoshlarga okrug qo‘mondonligining esdalik sovg‘alari ulashildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati