O‘g‘lonlar mashg‘ulotlarda toblanmoqda

0
565

Professional asosdagi milliy armiyamiz saflarida o‘z xizmat burchini ado etib kelayotgan yurt o‘g‘lonlari jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarida mas’ul ofitserlar tomonidan yangilangan dasturlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini tinmay oshirib kelmoqdalar.
Sharqiy harbiy okrug So‘x garnizonida joylashgan “Qayroq” dala o‘quv maydonida harbiy xizmatchilar yana bir amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdi.

Mashg‘ulot davomida shaxsiy tarkib xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda mashg‘ulot rahbarlarining ko‘rsatmalariga asosan otish tayyorgarligi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni bajarilib, yurt himoyasi yo‘lida zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
Amaliy mashg‘ulotlar so‘ngida natijalar baholanib, tahlil qilindi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati